Nnike
Rasm tavsifi

Nike

Kompaniya 1972-yil Oregon Universiteti qisqa masofaga chopish boʻyicha komanda tarkibiga kiruvchi talab Phil Knight va uning murabbiyi Bill Bowerman tomonidan asos solingan. Kompaniya shiori etib “Just Do It” (shunchaki epla) iborasini tanlashdi. Kompaniya nomi yunon xudosi Nika ismidan olingan.

Apple
Rasm tavsifi

Apple

Apple Inc. – shtab-kvartirasi Kupertinoda (Kaliforniya) joylashgan Amerika koʻp millatli texnologiya kompaniyasi. Apple 2022-yilda 394,3 milliard dollar daromad bilan dunyoning eng yirik texnologiya kompaniyasi hisoblanadi. 2023 yil mart holatiga koʻra, Apple bozor kapitallashuvi boʻyicha dunyodagi eng yirik kompaniya hisoblanadi. 2022 yil iyun holatiga koʻra, Apple shaxsiy kompyuterlar sotuvchisi boʻyicha toʻrtinchi va dunyodagi ikkinchi yirik mobil telefon ishlab chiqaruvchisi. U Alphabet (Google kompaniyasining bosh kompaniyasi), Amazon, Meta Platforms va Microsoftbilan bir qatorda Amerikaning Katta beshlik axborot texnologiyalari kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Adidas
Rasm tavsifi

Adidas

Adidas AG (Adidas deb talaffuz qilinadi) – dunyoga mashhur sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi nemis kompaniyasi. Bosh ofisi Germaniyaning Herzogenaurach shahrida joylashgan. Kompaniyaning bosh direktori – Gerbert Hayner. Hozirgi vaqtda kompaniya Adidas, Reebok, Rockport, Y-3, RBK & CCM Hockey, shuningdek, Taylor-Made Golf kompaniyalari mahsulotlarini mijozlarga yetkazib berish xizmati bilan shugʻullanadi[3]. Kompaniyaga Adolf Dassler tomonidan onasining uyida asos solingan; 1924-yilda akasi Rudolf bilan birga Aka-uka Dassler oyoq kiyim fabrikasi nomi bilan nomlashgandi. Dasslerlar koʻplab sport turlari uchun moʻjallangan temir tishli oyoq kiyimlar ishlab chiqish va rivojlantirishga hissa qoʻshishdi. Sport oyoq kiyimlari sifatini oshirish maqsadida Adolf oldingi ogʻir boʻlgan temir tishlar oʻrniga qayta ishlanuvchi rezina va charmdan foydalandi.

Gucci
Rasm tavsifi

Gucci

Gucci (talaffuzi: guchchi), shuningdek, "Gucci uyi" (inglizcha: House of Gucci) — Italiya moda uyi, kiyim-kechak, parfyumeriya, aksessuarlar va toʻqimachilik ishlab chiqaruvchisi. Kering fransuz konglomeratiga tegishli boʻlib, 2013-yil iyunigacha u Pinault-Printemps-Redoute deb nomlangan; LVMH dan keyin savdo koʻlami boʻyicha ikkinchi yirik moda kompaniyasi. 2019-yilda Gucci 17157 nafar xodimga ega boʻlib 487 ta doʻkonni boshqargan va 9,628 milliard yevro savdo aylanmasiga ega boʻlgan. Marko Bizzarri 2014-yil dekabridan Gucci bosh direktori, 2015-yil yanvaridan esa Alessandro Mishel direktor lavozimida ishlab kelmoqda.

Dior
Rasm tavsifi

Dior

Christian Ernest Dior (1905-yil 21-yanvar – 1957-yil 24-oktyabr) – fransuz dizayneri, dunyodagi eng mashhur moda uylardan biri Christian Dior SE brendining asoschisi. Uning moda uyi atigi 10 yil ichida „besh qitʼada tan olingan“ modalar uyi sifatida jahon miqyosida shuhrat qozongan Dior Ikkinchi jahon urushi davrida modalar sanoatini saqlab qolish maqsadida turli mashhur modachilar bilan ishlagan. Urush tugagach, u Dior moda uyini tashkil etib, oʻzining mashhur „New Look“ (Yangi qiyofa) kolleksiyasini taqdim etdi. 1947-yilda ilk bor namoyish etilgan bu kolleksiya yumaloq yelkalar, ingichka bel va juda keng yubkalari bilan ajralib turgan. „New Look“ ayollar modasida nihoyatda nafislik va hashamatni ulugʻlagan.

Louis Vuitton
Rasm tavsifi

Louis Vuitton

Louis Vuitton — fransuz moda uyi, shu nomdagi brend ostida chamadon va sumkalar, moda kiyimlari, parfyumeriya va aksessuarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Hozir kompaniya LVMH xalqaro xoldingi tarkibiga kiradi.Louis Vuitton 1821-yilda Franche- Kont shahrida tugʻilgan. U bolaligida duradgor-otasining asboblaridan foydalanishni oʻrgangan. 14 yoshida Lui oʻz omadini Parijda sinab koʻrishga qaror qildi, u yerda u piyoda sayohat qildi; uni poytaxtdan ajratib turadigan 400 kilometr yoʻl bosib oʻtishi kerak edi. 1837-yilda Louis sandiq ustasiga shogird boʻldi va sayohat sandiqlarini yasashni boshladi. Zamonaviy maʼnoda chamadonlar hali mavjud emas edi, shuning uchun Lui ularni ixtiro qilib, bu masalada katta muvaffaqiyatga erishdi,bu temir yoʻl transporti va kruiz kemalarining rivojlanishi bilan, odamlar faolroq harakatlana boshlagan paytga toʻgʻri keldi.

Tayota
Rasm tavsifi

Tayota

Toyota Motor Corporation (yaponcha: トヨタ自動車株式会社, Toyota Jidōsha Kabushiki-gaisha) — Yaponiyaning multinatsional korporatsiyasi. 2007-yil birinchi choragi natijalariga koʻra oʻzining subsidiar kompaniyasi Daihatsu bilan birga dunyoning eng katta mashina ishlab chiqaruvchisi deb tan olingan. Toyota Korporatsiyasi savdo daromadi (179 milliard dollar) boʻyicha dunyoning uchinchi katta Avto kompaniyasi va sof daromadi boʻyicha dunyoning sakkizinchi eng katta kompaniyalaridan hisoblanadi.

Microsoft
Rasm tavsifi

Microsoft

Microsoft korporatsiyasi (Microsoft Corporation, Microsoft) — har xil turdagi hisoblash uskunalari: shaxsiy kompyuterlar, oʻyin pristavkalari, PDAʼlar, mobil telefonlar va boshqalar uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi eng yirik transmilliy kompaniyalardan biridir. Ayni paytda dunyoda eng keng tarqalgan dasturiy platforma — Windows operatsion tizimlar oilasi ham shu korporatsiyaga tegishlidir. Korporatsiyaning shoʻbalarida Xbox oʻyin pristavkalari, shuningdek, shaxsiy kompyuterlar uchun aksessuarlar (klaviatura, sichqon va boshqalar) ham ishlab chiqaradi[2]. 2012-yildan beri oʻzining planshet kompyuteri — Surfaceʼni ishlab chiqarmoqda. Microsoft mahsulotlari dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida sotiladi, dasturlar 45 dan ortiq tillarga tarjima qilinadi.

Chanel
Rasm tavsifi

Chanel

Gabrielle Bonheur (Coco) Chanel (fransuzcha: Gabrielle Bonheur "Coco" Chanel, talaffuzi: Gabriel Bonyor "Koko" Shanel, 1883-yil 19-avgust, Saumur — 1971-yil 10-yanvar, Parij) — XX asr Yevropa modasiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan fransuz dizayneri va Chanel moda uyining asoschisi. Birinchi jahon urushidan keyingi davrda u modaga anʼanaviy erkaklar garderobidan elementlarni olish hamda „hashamatli soddalik“ (le luxe de la simplicité) tamoyiliga amal qilish hos boʻlgan ayollar kostyumini soddalashtirishga xizmat qiluvchi oʻz uslubini taqdim etdi. Ushbu uslub ayollar modasida avvallari dominantlik qiluvchi „ korset silueti“ ning oʻrnini egalladi. Undan farqli oʻlaroq, Shanelning innovatsion uslubi anchayin soddaligi bilan ajralib turar, kiyish va yechish uchun ancha kam vaqt talab qilar, kiyimlar qulayroq va arzonroq boʻlishi bilan birga nafislikda qolishmas emas edi. U ayollar modasiga uzun jaket va kichkina qora koʻylakni olib kirdi.

Puma
Rasm tavsifi

Puma

Birinchi jahon urushidan koʻp oʻtmay, 1920-yillarning boshlarida Dassler oilasi oilaviy biznesni — poyabzal tikishni tashkil etishga qaror qilishdi. Dassler oilasining birinchi mahsulotlari nogiron sportchilar (ular urushdan keyin koʻp edi) mashgʻulotlari uchun ortopedik poyabzal va shippaklar edi. Ularning materiali eskirgan harbiy formalardan, tagliklari esa eski avtomobil shinalaridan kesilgan. Aka-uka Adolf (Adi) va Rudolf (Rudi) Dassler ushbu oilaviy biznesda asosiy rol oʻynashgan, 1924-yilda ular „Aka-uka Dassler poyabzal fabrikasini“ („Gebrüder Dassler“) rasman roʻyxatdan oʻtkazishgan. Qarama-qarshi xarakterga ega boʻlgan ikki aka-uka bir-birini toʻldirardi — Adolf xotirjam va muvozanatli ishlab chiqaruvchi, Rudolf esa faol va xushmuomala sotuvchi edi[2].